
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 19-turida «Aston Villa» ustidan qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabadan (4:1) keyin uchrashuv tafsilotlari haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, jamoa so‘nggi paytlarda ham yetarlicha vaziyatlar yaratayotgan edi, ammo aynan shu o‘yinda hal qiluvchi zarbalardagi aniqlik natijaga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
«Oxirgi haftalarda ham imkoniyatlar yetarli edi, lekin bugun farq yaqqol sezildi. Ilgarigi o‘yinlarda gol urish uchun ancha qiynalgandik, bu safar esa yakuniy zarbalarda sifat yuqori bo‘ldi. Uchrashuv taqdiri aynan shu jihat bilan hal etildi», — dedi Arteta BBC nashriga bergan izohida.
Ayni damda «Arsenal» 19 turdan keyin 45 ochko jamg‘arib, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. «Kanonirlar» zaxirada bir o‘yini bor «Manchester Siti»dan besh ochko oldinda ketmoqda. «Aston Villa» esa 39 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.