«Arsenal» «Aston Villa»ni tor-mor etdi, MYU autsayderni yenga olmadi (video)

Angliya Premer-ligasining 19-turida markaziy bahs Londonda bo‘lib o‘tdi. Peshqadam "Arsenal" o‘z maydonida turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan "Aston Villa"ni yirik hisobda — 4:1 — mag‘lub etib, chempionlik poygasidagi ustunligini yanada mustahkamladi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida “kanonirlar” to‘liq ustunlik qildi. Dastlab himoyachi Gabriel Magalyayn hisobni ochdi, ortidan Martin Subimendi o‘rta maydondan aniq zarba bilan farqni oshirdi. Belgiyalik Leandro Trossar jamoaviy hujumni gol bilan yakunlagan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Gabriel Jezus g‘alabaga nuqta qo‘ydi. Mehmonlarning yagona javob goliga esa Olli Uotkins qo‘shimcha daqiqalarda mualliflik qildi.
Arsenal – Aston Villa 4:1
Gollar: Gabriel 48, Subimendi 52, Trossar 69, Jezus 78 - Uotkins 90+4
Arsenal – Rayya, Timber (Uayt, 83), Saliba, Inkapiye, Gabriel Magalyayn (Lyuis-Skelli, 77), Subimendi, Merino (Norgar, 73), Edegor, Saka (Madueke, 83), Trossar, Gokeresh (Jezus, 77).
Aston Villa – Martines, Bogar, Konsa, Lindelyof, Din, Onana (Makginn, 46), Tilemans (Hemmings, 82), Sancho (Malen, 61), Rojers, Buendiya (Garsiya, 61), Uotkins.
Ogohlantirishlar: Merino 45+1, Jezus 80 – Rojers 45+2.
Ushbu g‘alabadan keyin Mikel Artetaning shogirdlari 45 ochko jamg‘arib, jadvalda yakka peshqadam bo‘lib qoldi. “Aston Villa” esa 39 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi.
Shu turda yana bir diqqatga sazovor bahs “Old Trafford”da bo‘lib o‘tdi. "Manchester Yunayted" autsayder "Vulverhempton"ga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi — 1:1. Maydon egalari safida Joshua Zirkzee hisobni ochgan bo‘lsa, mehmonlar javobini Maksimilian Kreychining goli ta’minladi.
MYU – Vulverhempton 1:1
Gollar: Zirkzee 27 – Kreychi 45
MYU – Lammens, Dalot, Heven (Yoro, 75), Martines, Shou, Kazemiro, Ugarde (Mantato, 75), Kunya, Zirkzee (Fletcher, 46), Dorgu, Sheshko.
Vulverhempton – Sa, Doerti, Moskera, Kreypchi, Chatchua, Arias, Gomes, Bueno, Mane, Hvan (Lopes, 88), Arokodare (Larsen, 65).
Natijada “qizil iblislar” 30 ochko bilan oltinchi o‘rinda qoldi, “Vulverhempton” esa autsayder sifatida turnir jadvalining quyi pog‘onasini tark eta olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!