Ronaldu gol urdi, «Al Nassr» mavsumda ilk ochko yo‘qotdi (video)

Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turida sensatsiyaga yaqin natija qayd etildi. Peshqadam "Al Nassr" mavsum davomida ilk bor g‘alabaga erisha olmadi. Ronaldu jamoadoshlari safarda "Al Ittifoq"ga qarshi bahsda 2:2 hisobida durang bilan cheklanishga majbur bo‘lishdi.
Uchrashuvda mezbonlar safida ilgarilari “Liverpul”dagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Jorjinio Veynaldum haqiqiy yetakchiga aylandi. U birinchi bo‘limda hisobni ochdi, ikkinchi bo‘limda esa yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan asrab qoldi.
Mehmonlar tomonidan esa Joau Feliks hamda jamoa sardori Krishtianu Ronaldu o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi. Ayniqsa, Ronalduning goli “Al Nassr”ga g‘alaba umidini qayta tiklagan edi.
Biroq uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida keskin vaziyat yuzaga keldi. 90+3-daqiqada Kingsli Koman xavfli imkoniyat yaratdi, shunga qaramay, “Al Nassr” o‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘lganiga qaramasdan, hal qiluvchi zarbani amalga oshira olmadi.
Shunga qaramay, “Al Nassr” turnir jadvalida 31 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Biroq asosiy raqib "Al Hilol" zaxiradagi uchrashuvini yutib olsa, ochkolar orasidagi farq ikkitagacha qisqarishi mumkin.
Uchrashuv natijasi:
“Al Ittifoq” – “Al Nassr” 2:2
Gollar: Veynaldum (16, 80) – Feliks (47), Ronaldu (67)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!