
Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 12-turida «Al Ittifoq»ka qarshi durangdan (2:2) keyin «An Nasr» sardori Krishtianu Ronaldu muxlislarga murojaat qildi. Portugaliyalik yulduz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida jamoaning kelajak rejalari haqida qisqa, ammo ishonchli fikr qoldirdi.
«Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz va 2026 yilda nima qilishimiz kerakligini aniq bilamiz», — deb yozdi Ronaldu.
Ushbu bahsdagi gol Ronaldu uchun professional faoliyatidagi 957-gol bo‘ldi. 40 yoshli hujumchi joriy mavsumda ham o‘zining yuqori samaradorligini saqlab qolmoqda: Pro-ligada 11 ta o‘yinda 13 bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ayni paytda «An Nasr» 11 uchrashuvdan keyin 31 ochko jamg‘arib, chempionat jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoa eng yaqin ta’qibchi «At Taavun»dan uch ochko oldinda bormoqda.
Ronalduning maydondagi barqaror o‘yini va o‘yindan keyingi qat’iy bayonoti «An Nasr»ning nafaqat joriy mavsum, balki kelgusi yillar uchun ham katta maqsadlar qo‘yganini ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.