date

Raysdan dubl va “Vaytaliti”dagi bo‘ron Arsenal Bornmut ustidan g‘alabani saqlab qoldi

Raysdan dubl va “Vaytaliti”dagi bo‘ron Arsenal Bornmut ustidan g‘alabani saqlab qoldi

2026 yil 4 yanvar kuni soat 02:27 da (Toshkent vaqti bilan) APLning 20-turida “Arsenal” safarda “Bornmut”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Londonliklar uchrashuv davomida ikki bor oldinga chiqib oldi va yakunda mezbonlarning so‘nggi bosimidagi hujumlarini ham qaytara oldi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

O‘yin boshida “Bornmut” raqibning o‘z jarima maydoni yaqinidagi xatosidan unumli foydalandi: Gabriel uzatmada adashdi, Evanilson esa bo‘sh darvozani aniq nishonga oldi. Shundan keyin “Arsenal” tezlikni oshirib, ko‘proq o‘ng qanot orqali hujum qila boshladi va 18-daqiqada Gabriel vaziyatni to‘g‘riladi — Maduekening uzatmasidan keyin Dyokeresh zarbasi bloklangan to‘pni u qaytardi.

Tanaffusdan so‘ng “kanonirlar” raqibni pozitsion hujumlar bilan bosim ostida ushladi. Natijada Rays jarima maydoni chizig‘idan yo‘llagan zarbasi bilan mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Keyin Mikel Arteta almashtirishlar orqali hujumni kuchaytirdi va bosim yanada oshdi: Edegor jarima maydonida Sakani topdi, Saka esa to‘pni Raysga oshirdi — yarim himoyachi dublni rasmiylashtirib, hisobni 3:1 ga yetkazdi.

“Bornmut” uch futbolchini bir yo‘la maydonga tushirib, agressiyani kuchaytirdi va tez orada javob qaytardi: Krupi Kukdan to‘p olib, uzoq burchakdagi “to‘qqizlik”ka aniq zarba berdi. Qolgan daqiqalar mezbonlar bosimi ostida o‘tdi, biroq “Arsenal” himoyada bardosh ko‘rsatdi. Shu bilan birga, Petrovich ham “giloslar”ni bir necha bor qutqardi — xususan, Merinoning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini qaytardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Raysdan dubl va “Vaytaliti”dagi bo‘ron Arsenal Bornmut ustidan g‘alabani saqlab qoldi