Bilyaletdinov AQSh JChni hech kim tortib ololmaydi dedi

“Rubin” sobiq bosh murabbiyi Rinat Bilyaletdinov 2026 yilgi jahon chempionatini AQShda o‘tkazish bekor qilinishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahs-munozaralarga 3 yanvar kuni AQShning Venesuelada o‘tkazgan harbiy amaliyoti sabab bo‘lgani aytilmoqda. Mutaxassis fikricha, bunday fon bo‘lsa-da, AQShni turnir mezbonligidan mahrum qilish ehtimoli yo‘q: xalqaro futbol tuzilmalari bunday qarorga bormaydi.
“Bu mumkin emas. Bu shunchaki hazil. Hozircha AQSh dunyoda hal qiluvchi kuch bo‘lib turibdi. Ha, asta-sekin bu mavqe ulardan ketayotgandek, lekin baribir”, — deya Bilyaletdinovning so‘zlarini Vprognoze.ru keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati kelasi yoz AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!