Gavr va Brest 17-turda g'alaba bilan ochko oldi

Fransiya Ligasining 1-divizionida 17-tur doirasidagi bir nechta uchrashuvlar yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Gavr» o'z maydonida «Anje»ni 2:1 hisobida mag'lub etib, omadsiz o'yinlar seriyasiga barham berdi. Uchrashuvda Keni Ketant 21-daqiqada hisobni ochdi, 55-daqiqada esa mehmonlar Lui Mutonning goli bilan javob qaytardi. Yakuniy so'zni 81-daqiqada Noam Obugu aytdi.
«Brest» ham navbatdagi turda uch ochkoni qo'lga kiritdi: «Oser» 2:0 hisobida yengildi. 33-daqiqada Lyudovik Ajorq gol urib, yana bir vaziyatda hammuallif sifatida ishtirok etdi, 79-daqiqada esa Joris Shotar hisobni mustahkamladi.
«Loryan» — «Mets» bahsida esa g'olib aniqlanmadi. «Mets» 29-daqiqada Sadibu Sane orqali oldinga chiqdi, ammo «Loryan» yakuniy bo'limda bosimni kuchaytirib, 73-daqiqada Bamba Dyengning goli evaziga durangni saqlab qoldi — 1:1.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!