Jirona Malorka maydonida qiyin g'alabani qo'lga kiritdi

La Liganing 18-turida turnir jadvalining quyi qismida joylashgan “Malorka” va “Jirona” o'zaro to'qnash keldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida Vitor Reysning pasidan keyin Viktor Sigankov aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi — 0:1. Tanaffusdan so'ng Takuma Asano gol urdi, biroq epizod ofsayd sabab bekor qilindi. Keyingi daqiqalarda Toma Lemarning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi, Aksel Vitsel esa bosh bilan to'sinni nishonga oldi.
62-daqiqada Vladislav Vanat jarima maydonida yiqitildi va o'zi penaltini ishonchli amalga oshirdi — 0:2. O'yin yakunida, 90-daqiqada Vedat Muriki ham 11 metrlik zarbadan foydalandi va farqni qisqartirdi — 1:2.
Natijada har ikki jamoada 18 ochkodan bo'lib, ular 15-o'rinni bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!