2025 yilda eng ko‘p mukofot puli olgan shaxmatchilar o‘ntaligi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 2025 yil yakunlari bo‘yicha mukofot pullari miqdoriga ko‘ra dunyoning eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchilari top-10 taligidan joy oldi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Reytingda Abdusattorov 9-o‘rinni egalladi: u 16 ta yirik xalqaro turnirda ishtirok etib, jami 361,8 ming dollar mukofot puli ishlab oldi. Uning yil davomida bir turnirdan olgan eng katta yutug‘i 85 ming dollarni tashkil etdi.
FIDE Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov esa 10-pog‘onaga joylashdi. Grossmeyster 11 ta turnir natijalariga ko‘ra 349,9 ming dollar mukofot puli qo‘lga kiritgan, bir start uchun eng yirik gonorari 120 ming dollar bo‘lgan.
Ro‘yxatning yuqori qismida Magnus Karlsen qayd etildi: norvegiyalik shaxmatchi 16 ta turnirda o‘ynab, 1,46 mln dollar daromad qilgan va mukofot pullari 1 mln dollardan oshgan yagona shaxmatchi bo‘lib qolgan. Ikkinchi o‘rinni Fabiano Karuana (889,6 ming dollar), uchinchi o‘rinni Levon Aronyan (751,9 ming dollar), to‘rtinchi o‘rinni esa Hikaru Nakamura (588,9 ming dollar) egalladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!