Insinye Italiyaga qaytdi, ammo yangi klub topa olmadi

“Napoli”ning sobiq sardori Lorenso Insinye Shimoliy Amerikadagi faoliyatidan so‘ng Italiyaga qaytdi. Kanadaning “Toronto” klubida o‘ynab kelgan tajribali hujumchi hozircha darhol o‘ziga yangi jamoa topa olmadi va vaqtincha klubsiz qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, 34 yoshli futbolchi umidini yo‘qotgani yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlardagi postlaridan ko‘rinishicha, u jismoniy holatini yuqori darajada ushlab turish uchun zalda muntazam mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Navbatdagi suratlaridan biriga Insinye “hech qachon taslim bo‘lmayman” va “har doim ishonaman” mazmunidagi so‘zlarni ham ilova qildi.
Eslatib o‘tamiz, Insinye “Napoli” safida 2009–2022 yillarda to‘p surgan. Italiya terma jamoasi uchun u 54 o‘yin o‘tkazgan va 2021 yilda jamoasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!