Ronaldu Al-Nasr g'alabasini ikki emoji bilan tabrikladi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko'ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o'yinlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, Al-Nasr o'z yetakchisiz ham natija ko'rsatishda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Saudiya klubi chorshanba kuni guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutib, beshta o'yindan beshta g'alaba qayd etdi. Tojikistonda Istiqlol 4:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchradi.
O'yindan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda Al-Nasr guruhni birinchi o'rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga olov hamda olqish emojilarini qo'shdi.
40 yoshli hujumchining Al-Nasr bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing