date

Lincoln Mourinyoni tanqid qildi u va'dasida turmadi

Lincoln Mourinyoni tanqid qildi u va'dasida turmadi

“Fenerbahche”ning sobiq futbolchisi Lincoln Joze Mourinyoning o‘ziga bo‘lgan munosabatidan norozi ekanini bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis Istanbul klubini 2024–2025 yillarda boshqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Lincolnning aytishicha, Mourinyo unga bergan va’dasini bajarmagan. Futbolchi ijaraga “Hull City”ga ketishidan oldin murabbiy bilan suhbatlashib, u yozgi yig‘inga Portugaliyaga chaqirilishini eshitgan. Biroq mavsum yakunlangach, u yig‘inga taklif kutganida vaziyat butunlay boshqacha tus olgan.

“Hull City”dagi mavsumdan keyin Lincoln tarjimon orqali Mourinyo bilan bog‘lanmoqchi bo‘lgan, ammo Joze muloqotni rad etib, masalani sport direktori bilan hal qilishni aytgan. Jamoa Portugaliyada yig‘inda bo‘lgan paytda Lincoln ham Portugaliyada uyida bo‘lgan, shunga qaramay, murabbiy uni Istanbulga yuborib, alohida mashg‘ulot o‘tashni buyurgan.

Futbolchi bu holatni adolatsizlik va hurmatsizlik deb baholadi. U klubga ko‘p o‘yinlarda, hatto o‘z pozitsiyasida bo‘lmagan vaziyatlarda ham maksimal yordam berishga harakat qilganini, og‘ir jarohatdan keyin esa qo‘llab-quvvatlash kutganini, biroq buni his qilmaganini ta’kidladi.

“Men boshqalar kabi mashhur futbolchi bo‘lmasligim mumkin, lekin maydonda doim borimni berganman”, — dedi Lincoln Fanatik nashriga bergan intervyusida.

Hozirda Joze Mourinyo “Benfika”ni boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lincoln Mourinyoni tanqid qildi u va'dasida turmadi