Spalletti va Konte o'yinoldi matbuot anjumanini bekor qildi

“Yuventus” bosh murabbiyi Luchano Spalletti hamda “Napoli” ustozi Antoni Konte A Seriyaning 22-turi doirasidagi o‘zaro uchrashuv oldidan rejalashtirilgan matbuot anjumanlarini o‘tkazmaslikka qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Spalletti jurnalistlar bilan uchrashuvdan atigi ikki soat avval muloqot qilmasligini ma’lum qilgan. Kontening qaroriga esa jamoasining Chempionlar ligasida “Kopengagen”ga qarshi o‘tgan so‘nggi bahsdagi durang natijasi (1:1) va o‘yindan qoniqmasligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, bu ikki mutaxassisning o‘yinoldi media-tadbirlarini chetlab o‘tishi ilk bor kuzatilayotgani yo‘q.
“Yuventus” – “Napoli” uchrashuvi 25-yanvar kuni Turinda bo‘lib o‘tadi. O‘yin 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. 21-turdan keyin “Yuventus” 39 ochko bilan 5-o‘rinda, “Napoli” esa 43 ochko to‘plab 3-pog‘onada bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!