Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua yana mag'lub bo'ldi

Leonid Slutskiy murabbiylik qilayotgan «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turida ham ochkosiz qoldi. Xitoy klubi safarda «Sanfrecce Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini 78-daqiqada mezbonlar hal qildi: himoyachi Hayato Araki g'alaba golini urdi. Bu natija «Shanxay Shenxua» uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat bo'ldi.
6 turdan keyin Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o'rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg'arib, kuchli uchlikdan joy olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing