date

Rossiyaning Tuapse neftni qayta ishlash zavodi dron hujumiga uchradi

Rossiyaning Tuapse neftni qayta ishlash zavodi dron hujumiga uchradi

Qora dengiz sohilida joylashgan Rossiyaning Tuapse neftni qayta ishlash zavodi dron hujumiga uchradi. Maʼlumotlarga koʻra, zarba oqibatida zavod hududida yongʻin kelib chiqqan va dengizga neft toʻkilishi kuzatilgan.

“Rosneft” kompaniyasiga qarashli ushbu obyektdagi yongʻinni bartaraf etish uchun bir necha kun vaqt sarflangan. Tahlillarga koʻra, AQSH vositachiligidagi tinchlik muzokaralari toʻxtab qolgani va eʼtibor boshqa hududlarga qaratilgani ortidan hujumlar faollashgan.

Maʼlum qilinishicha, mart oyidan boshlab Kiyev tomoni Rossiya obyektlariga zarbalarni kuchaytirgan. 16 aprel kuni amalga oshirilgan navbatdagi dron hujumidan soʻng mazkur zavod oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan.

Maʼlumot uchun, Tuapse neftni qayta ishlash zavodining yillik quvvati taxminan 12 million tonna, yaʼni kuniga 240 ming barrelni tashkil etadi.

Bu yerda nafta, dizel yoqilgʻisi, mazut va vakuumli gazoyl kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Tuapse neftni qayta ishlash zavodi dron hujumiga uchradi