Ryerson Bekkenbauerning 50 yillik rekordini takrorladi

«Borussiya Dortmund» jamoasining norvegiyalik himoyachisi Julian Ryerson Germaniya Bundesligasida nufuzli natijani qayd etdi. Futbolchi «Frayburg»ga qarshi kechgan va 4:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlangan bahsda burchakdan to'p uzatib, Ramy Bensebainining goliga hammualliflik qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ushbu natija orqali Ryerson bir mavsumda eng ko'p assist amalga oshirgan himoyachilar ro'yxatida 13-o'ringa ko'tarilib oldi. Hozirda uning hisobida 13 ta golli uzatma mavjud bo'lib, u «Bavariya» afsonasi Frans Bekkenbauer (1973/74), Filipp Maks (2017/18) va David Raum (2021/22) kabi yulduzlarning rekordini takrorladi.

Hozirda Bundesligada faqat ikki nafar himoyachi Ryersondan yaxshiroq natija ko'rsatgan. Bular 14 ta assist bilan Jorjinyo (1991/92) va 15 ta uzatma bilan Alexandro Grimaldodir (2023/24).
Norvegiyalik futbolchida ushbu rekordni yangilash uchun yana uchta o'yin bor.
Xalqaro miqyosda ham Ryerson kuchli beshlik chempionatlari himoyachilari orasida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Undan faqatgina Italiya A Seriyasi rekordini yangilagan «Inter» a'zosi Federiko Dimarko 18 ta assist bilan o'zib ketgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!