date

Modrich jag' suyagi sinishi sababli operatsiya qilindi

Modrich jag' suyagi sinishi sababli operatsiya qilindi

"Milan" klubi va Xorvatiya terma jamoasi yetakchisi Luka Modrich yuz suyagi sinishi oqibatida muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini o'tadi. Tajribali yarim himoyachi ushbu jiddiy jarohatni Italiya A Seriyasi doirasida "Yuventus"ga qarshi kechgan shiddatli bahsda orttirib olgan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, futbolchining yuz qismida sinish aniqlangan va shoshilinch ravishda operatsiya stoliga yotqizilgan. Shifokorlar jarrohlik amaliyoti kutilganidek o'tganini ma'lum qilishdi, biroq tiklanish jarayoni qancha davom etishi hozircha aniq emas.


Ushbu holat Xorvatiya terma jamoasi murabbiylar shtabini jiddiy tashvishga solib qo'ydi. Boisi, bir necha haftadan so'ng start oladigan jahon chempionati oldidan jamoa sardorining safdan chiqishi katta yo'qotish hisoblanadi.

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich futbolchining holatini diqqat bilan kuzatib borayotganini bildirdi. Hozirda Modrichning yozgi nufuzli turnirda ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda va barchasi uning reabilitatsiya jarayoniga bog'liq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Modrich jag' suyagi sinishi sababli operatsiya qilindi