Mark Kasado "Barselona"ni tark etishga qaror qildi

1 daqiqa o'qish166
Mark Kasado "Barselona"ni tark etishga qaror qildi

"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado joriy mavsum yakunlangach, Kataloniya klubini tark etishga qaror qildi. 22 yoshli futbolchi germaniyalik mutaxassis Xansi Flik qo'l ostida o'yin amaliyoti kamayib ketganidan norozi bo'lmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ispaniyaning "Sport" nashri xabariga ko'ra, Kasado jamoaning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotgan va faqat kam sonli daqiqalarda maydonga tushmoqda. Jarohatdan so'ng Gavi qaytishi yarim himoyadagi raqobatni yanada kuchaytirdi va Kasadoning imkoniyatlarini cheklab qo'ydi.

Futbolchi "Barselona"ning so'nggi 12 o'yinidan 7 tasini o'tkazib yubordi, hatto "Espanyol"ga qarshi derbi bahsida ham asosiy tarkibga kiritilmadi. Hozirda klub rahbariyati u bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormayapti.

Kasadoning keyingi manzili Saudiya Arabistoni chempionati bo'lishi ehtimoli yuqori. Bir necha arab klublari yosh iqtidor egasiga qiziqish bildirmoqda.

"Barselona" o'z tarbiyalanuvchisi uchun taxminan 20 mln yevro miqdorida transfer puli talab qilishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?