Dreame kompaniyasi 0,9 soniyada tezlanuvchi raketali avtomobilni taqdim etdi

Dreamе kompaniyasi 0,9 soniyada tezlanadigan raketali avtomobilni taqdim etdi. Nebula Neht 01 Jet Edition nomli ushbu avtomobil ikki raketa tezlatgichi bilan jihozlangan bo'lib, soatiga 100 kilometr tezlikka erishadi. Avtomobil 550 kilometrgacha masofani bosib o'tish imkoniyatiga ega va to'liq elektron boshqaruv tizimi bilan ta'minlangan. Shuningdek, u atrof-muhitni tahlil qiluvchi intellektual haydash tizimiga ega.
Changyutgichlar ishlab chiqaruvchi Dreame Technology kompaniyasi Nebula Next 01 Jet Edition nomli noodatiy avtomobilni namoyish etdi. Mazkur transport vositasi ikkita qattiq yoqilg'ili raketa tezlatgichlari bilan jihozlangan bo'lib, ular yordamida soatiga 100 kilometr tezlikka atigi 0,9 soniyada erishadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ushbu kuch qurilmasi aerokosmik texnologiyalarni oddiy foydalanuvchilar uchun moslashtirishga qaratilgan ilk urinishdir. Tizimning maksimal tortish kuchi 100 kilon'yutonni tashkil etadi, yuqori aniqlikdagi elektron boshqaruv esa xavfsizlikni ta'minlaydi.

Avtomobil energiya zichligi 450 Vt·soat/kg dan yuqori bo'lgan qattiq holatdagi akkumulyator bilan ta'minlangan. Ishlab chiqaruvchining ma'lum qilishicha, texnologiya seriyali ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda va bir marta quvvatlanish orqali 550 kilometrdan ortiq masofani bosib o'ta oladi.
Nebula Next 01 Jet Edition to'liq elektron boshqaruv tizimiga ega bo'lib, u hatto shinalar teshilgan holatda ham murakkab manevrlarni bajarish imkonini beradi. Intellektual haydash uchun esa atrof-muhitni tahlil qiluvchi va inson bilan birgalikda boshqaruvni amalga oshiruvchi VLA modellari arxitekturasidan foydalanilgan.
Mashinaga o'rnatilgan DHX1 lidari 600 metrgacha bo'lgan masofadagi ob'ektlarni aniqlash qobiliyatiga ega. Tizim hatto 280 metr uzoqlikdagi mayda hayvonlarni ham taniy oladi, bu esa har qanday ob-havo sharoitida xavfsiz harakatlanishni kafolatlaydi.































Izohlar 0
…