Buyuk Britaniya qiroli Charlz III rasmiy tashrif bilan AQShga keldi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III rasmiy tashrif bilan AQShga keldi, deb Fox News xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, monarx va uning rafiqasi borgan samolyot Merilend shtatidagi Endryu qoʻshma harbiy bazasiga qoʻngan.
Ularni aeroportda AQSH protokol xizmati rahbari Monika Krouli hamda Britaniyaning AQShdagi elchisi Kristian Terner kutib olgan.
Bu Charlz III ning AQShga 2007 yildan beri amalga oshirgan ilk tashrifi hisoblanadi.
Tashrif dasturidan AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish hamda Kongressda nutq soʻzlash oʻrin olgan.
Qayd etilishicha, Britaniya monarxi ilgari faqat bir marta — 1991 yilda qirolicha Yelizaveta II tomonidan amalga oshirilgan chiqishdan keyin amerikalik qonun chiqaruvchilarga murojaat qilgan.
Charlz III va uning rafiqasi AQSH mustaqilligining 250 yilligiga bagʻishlangan toʻrt kunlik davlat tashrifi doirasida mamlakatda boʻlib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!