Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenxua Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqich 6-turida safarda “Sanfrecce Xirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va yana ochkosiz qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan jamoasiga g‘alaba olib keldi. Shu tariqa Xitoy klubi ushbu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.
Olti turdan keyin “Shanxay Shenxua” 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onaga joylashgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing