Jiru mag'lubiyatdan so'ng muxlislar hushtagiga qoldi

Fransuz hujumchisi Olivye Jiru uchun so'nggi o'yin og'ir kechdi: uning «Lill» jamoasi «Strasburg»ga 1:4 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin stadion tribunalarida «doglar» muxlislari jamoasining omadsiz natijasiga norozi bo'lib hushtakbozlik qildi, Jiru esa bu holatni maydonda ham, tashqarida ham his qildi.
Hujumchi vaziyatga munosabat bildirib, hammani birlashishga chaqirdi: klub rahbariyati, futbolchilar va muxlislar faqat bir tan-u bir jon bo'lib harakat qilsa, bu murakkab palladan chiqib ketish mumkinligini ta'kidladi.
Jiru avvalroq Londonning «Arsenal»i va Italiyaning «Milan»i safida ham to'p surgan. Hozir «Lill» Fransiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing