date

Gvardiola "Siti"dagi muhitni yuqori baholab barqarorlikni taʼkidladi

Gvardiola "Siti"dagi muhitni yuqori baholab barqarorlikni taʼkidladi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoadagi ichki muhit, barqarorlik va uzoq yillik muvaffaqiyatlar sirlari haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisning taʼkidlashicha, klubdagi sogʻlom atmosfera va ishonchli tizim uni shu yerda uzoq yillar davomida ishlashga undab kelmoqda.

— Agar bu yerda bunday ajoyib muhit boʻlmaganida, men oʻn yil davomida ishlamasdim. Hatto barcha sovrinlarni yutgan boʻlsak ham, muhit muhim. Hozir ham oʻzimda katta energiya his qilaman va dam olish kunlarida ham ishga mamnuniyat bilan kelaman, — dedi Gvardiola.

U, shuningdek, Ilkay Gyundoganning «Barselona»dan qaytib kelib aytgan fikrlarini alohida eʼtirof etdi. Nemis yarim himoyachisi «Man Siti — bu top, top» degan bahosi jamoadagi muhitning yuqori darajasini yana bir bor tasdiqlagan.

— Agar futbolchilar shunday fikr bildirsa, demak biz toʻgʻri yoʻldamiz. Bu juda muhim signal, — deya qoʻshimcha qildi murabbiy.

Gvardiola «shaharliklar»ning doimiy muvaffaqiyatini ham aynan barqarorlik bilan bogʻladi. Uning fikricha, klub soʻnggi oʻn yildan ortiq vaqt davomida Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etib kelayotgani bejiz emas.

— Biz allaqachon 12-13 yildan beri yuqori darajada raqobatlashyapmiz. Doim chempionlik uchun kurashamiz. Chunki klubda taktika, tizim, futbolchilar va murabbiylar oʻrtasida muvozanat bor. Bu xuddi odam oʻzini juda yaxshi his qiladigan bir muhitga oʻxshaydi, — dedi u.

Qisqacha aytganda, Gvardiola fikricha, «Manchester Siti»ning asosiy kuchi faqat futbolchilar emas, balki klubdagi yagona maqsadga qaratilgan barqaror va sogʻlom tizimdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola "Siti"dagi muhitni yuqori baholab barqarorlikni taʼkidladi