Ronaldu Al Nasr g‘alabasidan keyin ijtimoiy tarmoqda yozdi

Saudiya Pro-ligasining dushanba kungi uchrashuvida «Al Nasr» «Al Taavun»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yin yakunidan so‘ng Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa post qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugal hujumchisi bu safar gol ura olmadi, biroq jamoaning g‘alabasidan mamnunligini yashirmadi. Ronaldu: «Qadam-baqadam. Maqsadimizga to‘liq e’tibor!» deya yozdi.
Ushbu uch ochko «Al Nasr»ni Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida ikkinchi o‘ringa olib chiqdi. Peshqadam «Al Hilol»dan ortda qolish hozircha besh ochkoni tashkil etmoqda.
5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshini nishonlaydi. Forvardning «Al Nasr» bilan shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing