Ronaldu g'alabadan so'ng Al-Nasr haqida fikr bildirdi

Saudiya Pro-ligasining dushanba kungi uchrashuvida «Al-Nasr» «Al-Taavun»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. O'yindan keyin Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda qisqa izoh qoldirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik hujumchi bu safar gol ura olmadi, biroq jamoaning natijasidan mamnun ekanini yashirmadi. «Qadam-baqadam. Maqsadimizga to'liq diqqat!» — deb yozdi Ronaldu.
Ushbu uch ochko «Al-Nasr»ni Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tardi. Jamoa peshqadam «Al-Hilol»dan hozircha besh ochko ortda bormoqda.
5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshni qarshi oladi. Forvardning «Al-Nasr» bilan shartnomasi 2026/2027-yilgi mavsum yakunigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing