Djikiyaning agenti Antalyaspor himoyachisi kelajagini izohladi

Rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiyaning “Antalyaspor”dagi kelajagi borasida futbolchining agenti Vladimir Kuzmichyov fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agent so‘zlariga ko‘ra, Djikiya bilan hammasi joyida va klub murabbiylar shtabi unga ishonmoqda. So‘nggi o‘yinlarda u maydonga tushmagani mikrojaroqat bilan bog‘liq bo‘lib, hozir futbolchi tiklangan va keyingi uchrashuvda o‘ynashi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda turk klubi “Spartak”ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya bu mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda qatnashib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uning “Antalyaspor” bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing