Djikiya agenti himoyachining kelajagi haqida fikr bildirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya bo'yicha tarqalgan ketish ehtimoli haqidagi gap-so'zlarga futbolchining agenti Vladimir Kuzmichyov munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiyaning ahvoli yaxshi va klub unga ishonmoqda. So'nggi uchrashuvlarda maydonga tushmagani esa mikrojarohat bilan bog'liq bo'lgan, hozir esa to'liq tiklangan va keyingi o'yinda o'ynashi kutilmoqda.
Avvalroq matbuotda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashishni istayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Djikiya Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urgan. Uning «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing