date

Inter Frank Kessieni yozda A Seriyaga qaytarmoqchi

Inter Frank Kessieni yozda A Seriyaga qaytarmoqchi

Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubida to‘p surayotgan yarim himoyachi Frank Kessi yana Italiya A Seriyasida ko‘rinish berishi mumkin. 29 yoshli ivuariyalik futbolchi Milan “Inter”ining transfer ro‘yxatiga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalistlar Matteo Moretto va Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, “neradzurrilar” mavsum yakuniga qadar Kessining vakillari bilan uchrashib, ehtimoliy kelishuv shartlarini muhokama qilmoqchi. Futbolchining amaldagi shartnomasi atigi yarim yildan keyin yakunlanadi va u erkin agent sifatida jamoa tanlash imkoniga ega bo‘ladi.

Qayd etilishicha, yaqinda Kessining agentlari A Seriyaning yana bir grandi — “Yuventus” vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazgan. “Milan”ning sobiq yulduzi kelajagi bo‘yicha hozircha aniq qarorini oshkor qilmagan. Transfermarkt portali futbolchini 12 mln yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Frank Kessieni yozda A Seriyaga qaytarmoqchi