David Trezeguet Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezeguet yana Argentinaga qaytdi. U avval “River Pleyt” safida to‘p surgan, hatto klub bilan birga Argentinaning ikkinchi divizionida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezeguet bu safar maydonga emas, klub boshqaruv tizimiga qo‘shilish uchun kelgan. “River Pleyt” uning taqdimotini klub rahbariyati to‘liq tarkibda o‘tkazdi, biroq aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.
Marosimda Trezeguet strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va klubni institutsional darajada vakillashi ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing