Kursk AES-2 yiliga o'n milliard kilovatt elektr energiyasi uzatishni boshladi

27 aprel kuni ishga tushirilgan VVER-TOI reaktorli Kursk AES-2 ning birinchi energiya bloki Rossiya yagona energiya tizimi doirasida iste'molchilarga rasman elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi. Kursk viloyati gubernatori Aleksandr Xinshteyn bu voqeani tarixiy deb atadi va yangi avlod elektr energiyasi bozorga chiqqanini ta'kidladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Gubernatorning so'zlariga ko'ra, energiya blokining ishlashi Rossiya byudjetiga har yili 10 mlrd rubldan ortiq soliq tushumlarini ta'minlaydi. Blokning yillik ishlab chiqarish hajmi qariyb 10 mlrd kVt/soatni tashkil etishi kutilmoqda.
«Rosatom» ma'lumotlariga ko'ra, Kursk AES-2 bitta energiya bloki bilan cheklanib qolmaydi. Yaqin yillarda maydonda yana uchta shunday blok qurilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!