date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga keldi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to‘p surib, jamoa bilan birga mamlakatning ikkinchi divizionida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruviga qaytmoqda. “River Pleyt” uni rahbariyat ishtirokida tantanali tarzda tanishtirdi, biroq uning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.

Marosimda Trezege strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada himoya qilishi aytib o‘tildi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi