Xiaomi kompaniyasi 2026 yilda Smart Band 10 Pro bilaguzugini chiqaradi

Xiaomi kompaniyasi 2026 yilda Smart Band 10 Pro bilaguzugini chiqaradi
Qisqacha

Xiaomi kompaniyasi 2026 yil may oyida yangi "Smart Band 10 Pro" modelini taqdim etishi kutilmoqda. Qurilma bir nechta ranglarda, jumladan qora, oq, kumush, to'q sariq va pushti ranglarda ishlab chiqariladi. Oq rangli kermika versiyasi ham sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Yangi modelning yig'ish sifati yuqori bo'lib, standart versiyasi 40 grammdan kam, kermika versiyasi esa 50 grammdan og'irroq bo'ladi.

"Xiaomi" kompaniyasi 2026 yil may oyida yangi avlod fitnes-bilaguzugi — "Smart Band 10 Pro" modelini taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Insayderlarning ma'lumotlariga ko'ra, qurilma qora, oq, kumushrang, to'q sariq va pushti ranglarda ishlab chiqariladi. Shuningdek, oq rangli keramika versiyasi ham sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.

Yangi modelning yig'ish sifati yuqori darajada bo'lishi ta'kidlanmoqda. Standart versiyaning og'irligi 40 grammdan kam, keramika varianti esa 50 grammdan og'irroq bo'ladi.

Taqqoslash uchun, 2024 yil oktyabr oyida chiqqan "Band 9 Pro" atigi 24,5 gramm tosh bosgan. Keramika versiyasining paydo bo'lishi "Xiaomi" kompaniyasi "Smart Band" tarmog'i nufuzini oshirishni maqsad qilganini anglatadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar