David Trezege Buenos-Ayresda River Pleit rahbariyatiga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresning “River Pleit” safida to‘p surib, hatto mamlakat ikkinchi ligasida chempionlik hamni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege klubga boshqa maqomda — rahbariyat tarkibida ish boshlash uchun kelmoqda. Uning “River Pleit”dagi aniq lavozimi hozircha oshkor qilinmadi, biroq klub uni barcha boshqaruv a’zolari ishtirokidagi taqdimot marosimi bilan rasman tanishtirdi.
Tadbir davomida Trezegening strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleit”ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!