date

Yurgen Klopp yoshlar uchun yangi turnir tashkil qilmoqchi

Yurgen Klopp yoshlar uchun yangi turnir tashkil qilmoqchi

Germaniyalik mashhur murabbiy Yurgen Klopp yangi futbol turnirini yo‘lga qo‘yish niyatida. Bu haqda Bild nashri jurnalistlari xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, Klopp U21 formatidagi maxsus liga tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ushbu musobaqa yosh futbolchilarga Bundesligada maydonga tushishdan avval tajriba to‘plash imkonini berishi kerak. Ayni paytda mutaxassis loyiha bo‘yicha boshqa futbol amaldorlari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Hozirda Yurgen Klopp «Red Bull» tizimida futbol yo‘nalishi rahbari sifatida ishlamoqda.

Shuningdek, avvalroq Yevropa matbuotida nemis mutaxassisi Madridning «Real» klubida bosh murabbiy lavozimini egallashi mumkinligi haqida ham xabarlar chiqqandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp yoshlar uchun yangi turnir tashkil qilmoqchi