Argentinaning Kilmyes klubi stadionni yangilashga yordam so‘radi

Argentinadagi eng qadimiy klublardan biri — 1887 yilda tashkil topgan «Kilmyes» hozir murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Jamoa rahbariyati klubni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarga murojaat qilib, stadionni yangilash ishlarida yordam so‘radi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap odatdagi xayriya yoki mablag‘ yig‘ish haqida emas. Klub bu safar muxlislarni an’anaviy uslubda — stadionga kelib, qayta qurish jarayonida jismonan ishlash va belgilangan vazifalarni bajarishga taklif qildi.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz bo‘lishiga qaramay, «Kilmyes» ishqibozlari chaqiriqqa ijobiy javob berib, tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing