Argentina klubi Quilmes stadionini yangilash uchun muxlislarni chaqirdi

Argentinaning eng qadimiy jamoalaridan biri — 1887 yilda tashkil topgan «Quilmes» bugun og‘ir davrni boshdan kechirmoqda. Klub rahbariyati vaziyatni yengillashtirish uchun muxlislar ko‘magiga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub stadionni qayta qurish rejasini e’lon qildi, biroq odatdagidek pul yig‘ish haqida gap ketmayapti. «Quilmes» ishqibozlariga xayriya o‘rniga stadionga kelib, qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha jismonan yordam berish taklif qilindi.
Janubiy yarimsharda yozning jazirama kunlariga qaramay, muxlislar bu chaqiriqqa faol javob qaytardi va stadiondagi ishlarga ko‘ngilli tarzda qo‘shildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing