David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qo'shildi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida to‘p surib, jamoa bilan Argentina futboli ikkinchi divizioni chempionligini ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege Buenos-Ayres klubi tizimiga boshqa maqomda — rahbariyat tarkibiga kirish uchun qaytmoqda. Uning “River Pleyt”dagi aniq lavozimi rasman ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub uni butun boshqaruv jamoasi ishtirokida maxsus taqdimot orqali tanishtirdi.
Tadbir davomida Trezegening strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va “River Pleyt”ni institutsional darajada rasman vakillashi ma’lum qilindi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!