Popov Safonov kam xato qilsa PSJda ko‘proq o‘ynaydi

«Rubin»ning sobiq futbolchisi Aleksey Popov PSJ safida to‘p surayotgan darvozabon Matvey Safonovning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Popovning ta’kidlashicha, rossiyalik posbonning jamoada muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi avvalo uning maydondagi xatolariga bog‘liq. U Safonov ishonchli harakat qilsa, murabbiylar unga ko‘proq imkon berishini aytdi va darvozabonga ishonishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Safonov qo‘lidan olgan jarohati sabab bir oydan ko‘proq muddatni o‘tkazib yuborgan, shu vaqt ichida umumiy guruhdan alohida mashg‘ulot olib borgan. Bu hafta u dekabrdan beri ilk bor maydonga tushib, «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda (1:1) start tarkibida harakat qildi.
Joriy mavsumda 26 yoshli darvozabon PSJ tarkibida besh uchrashuvda ishtirok etdi va to‘rt gol o‘tkazib yubordi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!