date

Nuro Kaliforniya yo‘llarida haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazadi

Nuro Kaliforniya yo‘llarida haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazadi

Nuro kompaniyasi Kaliforniya jamoat yo‘llarida o‘zining avtonom texnologiyalari bilan jihozlangan Lucid Gravity krossoverlarini haydovchisiz sinovdan o‘tkazish uchun ruxsat oldi. Ushbu avtomobillar kelgusida Uber kompaniyasining premium robotaksi xizmatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kaliforniya avtotransport departamenti Nuro’ning haydovchisiz avtomobillar bo‘yicha ruxsatnomasini Lucid Gravity modellarini ham qamrab oladigan tarzda o‘zgartirdi. Avvalroq kompaniya faqat past tezlikda harakatlanuvchi yetkazib berish vositalari uchun ruxsatnomaga ega edi, biroq biznes modelining o‘zgarishi bilan endilikda texnologiyalarni litsenziyalashga e’tibor qaratilmoqda.

Nuro vakilining so‘zlariga ko‘ra, haydovchisiz sinovlar joriy yilning oxirigacha boshlanishi kutilmoqda. Hozirgi bosqichda kompaniya va Uber xavfsizlik nuqtai nazaridan haydovchi o‘rindig‘ida operator bo‘lgan holda sinovlarni davom ettirmoqda. Uber o‘z navbatida Lucid kompaniyasiga kiritiladigan investitsiya hajmini 500 million dollargacha oshirdi va 35 mingta robotaksi xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Lucid Gravity robotaksilari yuqori aniqlikdagi kameralar, lidar datchiklari va radarlar bilan jihozlangan. Ushbu avtonom tizim NVIDIA kompaniyasining Drive AGX Thor kompyuteri yordamida boshqariladi. Uber ushbu loyihani to‘liq ishga tushirish uchun Kaliforniya jamoat kommunal xizmatlari komissiyasidan qo‘shimcha ruxsatnomalar olishi kerak bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Nuro Kaliforniya yo‘llarida haydovchisiz avtomobillarni sinovdan o‘tkazadi