date

Froynd Upamekanoning kelajagi tez orada hal bo‘lishini aytdi

Froynd Upamekanoning kelajagi tez orada hal bo‘lishini aytdi

“Bavariya” sport direktori Kristof Froynd markaziy himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar qanday ketayotgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Myunxen klubi vakilining ta’kidlashicha, klub odatdagidek muzokaralar jarayonini ommaga oshkor qilmaydi. Froynd jurnalistlar bilan suhbatda tafsilotlarga kirmasdan, yakuniy qaror yaqin vaqt ichida qabul qilinishini ma’lum qildi.

Upamekano “Bavariya” safida 2021 yildan beri to‘p suradi. Joriy mavsumda 27 yoshli fransuz barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.

Himoyachining “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Froynd Upamekanoning kelajagi tez orada hal bo‘lishini aytdi