Lamin Yamal JCh-2026 finalida Ispaniya–Braziliya kutmoqda

Ispaniya terma jamoasi hamda Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumkor yarim himoyachisi Lamin Yamal sobiq «ko'k-anorranglilar» hujumchisi Neymar bilan munosabatlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
18 yoshli futbolchi Braziliyaga iliq munosabatda ekanini ta'kidlab, Neymar bilan suhbatdan so'ng qiziqarli kelishuvga kelishganini aytdi. Yamalga ko'ra, agar ikkalasi ham 2026 yilgi Jahon chempionati finaliga chiqsa, turnirdan keyin birga ta'tilga yo'l olishadi. Shuningdek, u mundial finalida Ispaniya va Braziliya to'qnash kelishini kutayotganini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, JCh-2026 yozda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi va musobaqaga AQSH, Kanada hamda Meksika mezbonlik qiladi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!