date

River Pleyt Monumental stadionini 101 ming o'ringacha kengaytirmoqda

River Pleyt Monumental stadionini 101 ming o'ringacha kengaytirmoqda

Argentinaning «River Pleyt» klubi o'zining afsonaviy «Monumental» arenasini kattalashtirish bo'yicha yangi loyihani e'lon qildi. Reja amalga oshsa, stadion sig'imi 101 ming tomoshabinga yetadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kengaytirish natijasida 16 ming o'rin qo'shiladi: hozir «Monumental» 85 ming kishini qabul qila oladi. Qurilish ishlari aprel oyida start oladi va taxminan 36 oy, ya'ni uch yil davom etadi. Yangilangan arena 2029 yildan boshlab 100 mingdan ortiq muxlisni bir paytning o'zida qabul qilishi kutilmoqda.

Sig'im bo'yicha «Monumental» «Kamp Nou»ni ortda qoldiradi, biroq baribir Pxenyanda 80-yillarning ikkinchi yarmida qurilgan Shimoliy Koreyaning «Birinchi may nomidagi Ninnado» stadionidan kichikroq bo'lib qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » River Pleyt Monumental stadionini 101 ming o'ringacha kengaytirmoqda