date

Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi

Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Rikelme avval «Barselona» safida ham to‘p surganini eslatib o‘tamiz. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibini tez fursatda kuchaytirish zarurati bor va yangi rahbarlar dueti aynan shu yo‘nalishda faol ish olib borishi kutilmoqda.

Delgado futbolchi sifatida ham nom qozongan: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o‘tkazgan, 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan. 2003 yilda esa Libertadores kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi