date

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadonini tayinlaganini ma’lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibini tezkor kuchaytirish zarurati borligi ta’kidlanmoqda va endi Delgado hamda Rikelme dueti aynan shu yo‘nalishda asosiy vazifalarni hal qilishi kutilmoqda.

Marselo Delgado futbolchilik faoliyatida ham nom qozongan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 uchrashuv o‘tkazib, 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.

Shuningdek, Delgado 2003 yilda Libertadores kubogida eng sermahsul futbolchilardan biri bo‘lib, «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga turnir to‘purari sifatida qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi