Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Argentinaning "Boka Xuniors" klubi yangi sport direktorini rasman e'lon qildi: bu lavozimni Marselo Delgado egalladi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub tarkibni tezkor kuchaytirishga muhtoj, shu sababli Delgado va Rikelme transfer siyosati va jamoani mustahkamlash masalalarini birgalikda hal qilishga kirishadi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham yuqori darajada to'p surgan: u 1995-2002 yillar oralig'ida Argentina terma jamoasida 18 ta uchrashuvda qatnashgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003 yilda u "Santos" hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogi mavsumining eng sermahsul to'purariga aylangani bilan ham yodda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!