Anchelotti Endrikni Braziliyada asosiy hujumchi sifatida ko‘rmoqda

Qishda «Real»dan ijara asosida «Lion»ga o‘tgan hujumchi Endrik yangi jamoasida o‘zini yorqin tomondan ko‘rsatmoqda. Shu fon’da Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchini navbatdagi yig‘inga jalb qilishni ko‘zlayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline nashri L’Equipe’ga tayanib yozishicha, Endrik mart oyidagi xalqaro tanaffus paytida Braziliya terma jamoasining asosiy markaziy hujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.
Mart oyi oxirida jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Braziliya Fransiya va Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing