date

The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic nashri tuzgan futbol tarixidagi 100 nafar eng yaxshi o'yinchi reytingi keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ro'yxatning ilk o'nligida Lionel Messi birinchi, Diego Maradona ikkinchi o'rinda qayd etilgan. Kuchli uchlikni esa uch karra jahon chempioni Pele yakunlab bergan. Shuningdek, top-10 talqinida keyingi pog'onalarni Yohann Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo Di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini egallagan.

Bunday reytinglarni mutlaqo xolis tuzish qiyinligi ta'kidlanar ekan, Reddit'dagi futbol ishqibozlari izohlarda keskin bahslarga kirishdi. Ayrimlar Pelening atigi uchinchi o'ringa qo'yilgani, u uch marta mundialda g'olib chiqqanini eslatib, ro'yxat bilan rozi bo'lmagan.

Qayd etilishicha, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin ushbu reytingda 18-pog'onadan joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic talqinida tarixning eng zo'r futbolchisi aniqlandi