Saudiya jurnalisti Ronalduga yon bermasligini qat’iy aytdi

Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr»ning ayrim o‘yinlarida maydonga tushmay, klub boshqaruvidagi qarorlardan norozi ekanini bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyat yuzasidan saudiya teleboshlovchisi Valid al-Faraj o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Al-Farajning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonidagi sport tizimi va liga reglamenti muhokama qilinmaydigan tamoyil bo‘lib, yulduz maqomi hech kimga qoidalarni buzish huquqini bermaydi. U Ronaldu reglamentni hurmat qilishi va belgilangan tartibga rioya etishi shartligini aytib, «Liga har qanday o‘yinchidan ustun. Biz Ronalduning oldida tiz cho‘kmaymiz, uni iltimos qilib qolishimiz kerakmi? Mamlakatimiz va ligamiz hammasidan ustun», deya keskin fikr bildirdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu va «Al-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!