date

Fenerbahche Taliska bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi

Fenerbahche Taliska bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi

Fenerbahche hujumkor yarim himoyachisi Anderson Taliska bilan yangi mehnat shartnomasini rasmiylashtirdi. Bu haqda Istanbul klubi o‘z rasmiy manbalari orqali ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, braziliyalik хавбек 2028 yil yoziga qadar Fenerbahche safida to‘p surishda davom etadi.

Taliska Turkiyada 2025 yil yanvaridan beri o‘ynamoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 33 uchrashuvda maydonga tushib, 19 gol va 4 assist bilan jamoasiga foyda keltirdi.

Turkiya chempionatining 20 turidan so‘ng Fenerbahche turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam Galatasaraydan 6 ochko ortda. 10 fevral, dushanba kuni istanbulliklar Genchlerbirligi bilan bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fenerbahche Taliska bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi