Boka Xuniors yangi sport direktorini rasman tanishtirdi

Argentina grandi «Boka Xuniors» klubida sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Jamoaga tezkor kuchaytirishlar zarurligi bois, rahbariyat transfer yo'nalishida faol ish olib borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajriba to'plagan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 o'yinda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan — bu natijani «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bo'lishib olgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing